Huawei 1
Toshkent viloyatida o‘qituvchi 9-sinf o‘quvchisini haqorat qilib, do‘pposladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Oqqo‘rg‘on tumanida maktab o‘quvchisi informatika o‘qituvchisi tomonidan ayovsiz kaltaklangan videolavhalar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani maʼlumot berdi.

Aniqlanishicha, hodisa 9-oktyabr kuni Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan 6-umumtaʼlim maktabida sodir bo‘lgan. 

Informatika fani o‘qituvchisi M.A (1990-yilda tug‘ilgan erkak) mazkur fandan qo‘shimcha dars o‘tayotgan vaqtida 9-sinf o‘quvchisi voyaga yetmagan Q.S.ni (2009-yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola) dars jarayonida o‘qituvchini go‘yoki chalg‘itganligi tufayli haqorat qilib, do‘pposladi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Oqqo‘rg‘on tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Voyaga yetmagan Q.S.ga nisbatan jarohat darajasini aniqlash bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112917 | Инструменты