Huawei 1
Toshkent viloyatidagi bog‘chada yirik miqdorda energiya resurslari o‘g‘irlangani oshkor bo‘ldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman bo‘limi, IIB va “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda S.D. MCHJ rahbari A.G. G.F. xususiy MTM binosida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz va elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, jami 1 mlrd 83 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Urgut, Samarqand, Oqdaryo tumanlari hamda Kattaqo‘rg‘on shahri bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “A.S.”, “O.O.” fermer xo‘jaligi masʼul shaxslari va boshqalar elektr taʼminoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan suv nasoslari va elektr jihozlarini umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 439,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121416 | Инструменты