Huawei 1
Toshkent Xalqaro aeroporti avtoturargohida Gentra yonib ketdi

22 yanvar kuni Toshkent Xalqaro aeroporti avtoturargohida turgan Gentra'da yong‘in chiqdi. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 22 yanvar kuni soat 02:10 da Toshkent shahar Sergeli tumani, Qumariq ko‘chasida joylashgan Toshkent halqaro aeroporti avtoturargohida avtomobil yonayotgani haqida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in soat 02:21 da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar bo‘lmagan.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21703 | Инструменты