Huawei 1
Toshkentda 3000 dollarlik “paqildoq” savdosi fosh bo‘ldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda fuqarolar M.B va S.K. o‘zaro til biriktirib, pirotexnika buyumlarini o‘tkazish orqali noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqaro M.A.ga jami 2 400 quti “Miki maus”, 56 dona “7 Shots” nomli hamda 13 dona “Koralevskiy salyut” nomli pirotexnika buyumlarini 3 220 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shuningdek, departamentning Uchtepa tumani bo‘limi DXX va bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida “Fayzabod” MFY hududidan o‘tuvchi Toshkent xalqa yo‘lida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar X.O., F.M. va boshqalar noqonuniy daromad orttirish maqsadida jami 108 dona “7 Shots” nomli pirotexnika buyumlarini o‘tkazish maqsadida olib kelgan vaqtida ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112322 | Инструменты