Huawei 1
Toshkentda o‘zini bank xodimi deb tanishtirib, o‘zganing 15 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

Toshkent viloyatida yashovchi 38 yoshli (ayol) M.G‘. ichki ishlar organiga murojaat qilib, nomaʼlum sabablarga ko‘ra 15 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari nomaʼlum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganini maʼlum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi U.R. ismli shaxs sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan U.R. jabrlanuvchi (ayol) M.G‘.ga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini “bank xavfsizlik xizmati xodimi” sifatida tanishtirgan. So‘ng soxta havola yuborish orqali bank kartasi boshqaruvini qo‘lga kiritgan hamda uning hisobida bo‘lgan 15 mln so‘mni o‘zining plastik kartasiga o‘tkazib olgan.

Mazkur holat yuzasidan U.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 93001 | Инструменты