Huawei 2

Trastbank” XABning Namangan viloyati filialida aholiga nafaqat chakana xizmatlar ko'rsatilmoqda, balki yirik tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini ham qo'llab-quvvatlanmoqda.

Aytish joiz, bugungi kunda moliya muassasalari o'rtasida sog'lom raqobat kuchaygan. Bu esa o'z navbatida xizmat turlarining sifatiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. “Trastbank” XABning Namangan filiali o'tgan 6 oy davomida tadbirkorlik sub'ektlari, ishlab chiqarish sektorlari, qurilish, chakana savdo va xizmat ko'rsatish sohalari faoliyatini rivojlantirish uchun 35 mlrd. so'm va 2 mln. AQSH dollari miqdorida kreditlar ajratdi.

Shu o'rinda bank yangi ish o'rinlarini yaratish va ishlab chiqarish quvvatini kengaytirishga qaratilgan yirik loyihalarni ham moliyalashtirmoqda. Bunda esa bankning xizmat ko'rsatish tarmog'i isloh qilinib, mijozlarga tezkor, shaffof va qulay xizmatlar taqdim etilayapti.

Natijada esa moliya muassasasining mijozlari ham kun sayin ortib bormoqda. Bank “Nafis teks grup” korxonasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish maqsadida texnik uskunalar xarid qilish bo'yicha loyihasini qo'llab-quvvatladi.

Bank mijozi Mirzohid Asqarovning so'zlariga ko'ra, 2012 yilda tashkil etilgan ushbu korxonada hozirga kelib 300 nafar mahalliy aholiga qulay ish muhiti yaratilgan. Bu yerda 500 turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Yosh bolalar, erkak va ayollar uchun mo'ljallangan trikotaj tovarlarining asosiy qismi Rossiya hamda qo'shni davlatlarga eksport qilinmoqda. Bunda esa mahsulot sifatiga alohida e'tibor qaratish lozim. Shu bois kompaniya Trastbank kreditlaridan unumli foydalandi.

Kompaniya 2017 yilda 1 mln. dollarlik eksportni amalga oshirgan bo'lsa, ichki bozorni 512 mln. so'mdan ko'proq miqdordagi mahsulotlar bilan ta'minlagan. 2018 yilda esa ushbu ko'rsatkichni 2 barobarga oshirishni rejalashtirgan. Qulay va sifatli kiyimlarni ishlab chiqarishni o'ziga asosiy maqsad qilib qo'ygan korxonada ishchi xodimlarga alohida e'tibor qaratgan. Bu yerda samarali mehnat qilgan xodim albatta rag'batlantiladi.

Hozirda tekstil kompaniyasi Namangan viloyatida o'zining savdo dokonlariga ega. Yaqin kelajakda bu kabi savdo markazlarini butun respublika bo'ylab ochish rejalashtirilmoqda. Bu esa aholini sifatli va hamyonbop mahsulotlar bilan ta'minlashga xizmat qiladi. Moliya muassasasining o'z oldiga qo'ygan maqsadi ham aynan shundan iborat.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga