Huawei 1
UzAuto Motors'ga yangi direktor tayinlandi

Odiljon Bastamqulov UzAuto Motors bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda kompaniya saytida e’lon qilindi.

Ma’lum qilinishicha, Bastamqulov UzAuto Motors kompaniyasiga doimiy bosh direktor tayinlanmaguncha rahbarlik qiladi.

2024 yilda UzAuto Motors'ga kelishidan oldin u avtomobil oynasi ishlab chiqaruvchi “Avtooyna” kompaniyasiga rahbarlik qilgan.

Ma’lumot uchun, uch yildan ortiq vaqt davomida UzAuto Motors kompaniyasini boshqargan Bo Andersson 2024 yilning dekabr oyida o‘z faoliyatini yakunlagandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12213 | Инструменты