Huawei 1
Xonanda Kanizani haqorat qilgan yana bir yigit jarimaga tortildi

Avvalroq, Kanizani haqorat qilgan Qashqadaryolik 20 yoshli talaba yigit jazolangani haqida xabar qilgan edik. Endilikda Buxorolik yigit ham sanʼatkorni haqoratlab, Instagram sahifasiga haqoratli izoh qoldirgan. 

Holat yuzasidan sud ishi JIB Kogon va Yakkasaroy tumani sudida ko‘rib chiqildi. 

Sud zalida sanʼatkor Kaniza uni haqorat qilgan insonlarning hech birini kechirmasligini, kechirgani sari ko‘payib ketayotganini maʼlum qildi. 

U sudyadan 2 mlnta obunachisining ichida uni bilib-bilmasdan haqorat qilganlarga qonuniy chora ko‘rishini so‘radi. 

Shuningdek, Kaniza holatni quyidagicha izohladi. 

"Agar bu sud zalida ayol kishi menga qarshi turganida, balki tushunar edim. Lekin o‘zbek erkagi men musulmonman, deb bir o‘zbek ayolini sababsiz haqoratlab, sud zaligacha yetib kelishi- sizningcha musulmon erkakning ishimi? Ishoning, bu holatga kelishni umuman xohlamas edim. O‘zimni Vatandoshim, millatdoshim bilan sudlashib yurish men uchun achinarli holat. Biz demokratik davlatda yashaymiz. Agar qonunimizda zamonaviy kiyinish yoki raqsga tushish taqiqlanganida, davlatimizda sanʼatkorlar umuman bo‘lmas edi". 

Sud qaroriga ko‘ra, sudlanuvchi yigit MJtKning 41-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan BHMning 20 baravari yaʼni 6 mln 800 ming so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112917 | Инструменты