Huawei 1
Xorazm va Toshkentda kredit mablag‘lari ajratilishiga yordam berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bog‘ot tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar I.Yu. va X.N. tadbirkor S.M.ning ishonchiga kirib, o‘zlarini go‘yoki bank xodimi sifatida tanishtirib, uning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishi hamda subsidiya asosida uy-joy olishi uchun yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 10 mlrd so‘m kredit mablag‘i ajratilishida yordam berishlari evaziga 110 000 AQSH dollari berishi kerakligini aytib, oldindan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar. 

Shu kabi, Departamentning Shayxontohur tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar D.M. (muqaddam sudlangan) va J.I. “D.Ph.” MCHJning taʼsischisi va rahbari N.I.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki bank muassasasida ishlovchi tanishlari yordamida 1 mlrd so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratib berishi evaziga 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121301 | Инструменты