Huawei 1
Xorazmda tuman hokimi maktabdagi tizimga ulanmagan "batareyalar"ni tekshirdi

Avvalroq, Xorazm viloyati Shovot tumani hokimi Odilbek Artiqovning maktabdagi ishlamayotgan issiqlik uzatish panellarini o‘rganayotgani jarayoni aks etgan fotosurati ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari o‘rtasida keng muhokamaga sabab bo‘lgan edi.

Holat yuzasidan tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilishicha, joriy yilning 10-yanvar kuni tunda tuman hokimi tomonidan ijtimoiy soha ob’yektlarida anomal sovuq sharoitida isitish tizimining ahvoli bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilgan.

Ma’lum qilinishicha, tumanning chekka hududida joylashgan 10-son umumiy o‘rta ta’lim maktabini isitish tizimida muammo mavjud bo‘lib, joriy yilning 8-yanvar kuni tegishli tashkilotlar tomonidan isitish qozoni qayta ta’mirlash uchun olib ketilgan. Sovuq havo natijasida maktabning isitish tizimi ishdan chiqmasligi uchun issiqlik uzatish panellarini suvdan tozalash ishlari amalga oshirilgan.

"Tuman hokimi ushbu jarayonni, ya’ni issiqlik uzatish panellarini nosoz holatga kelib qolmaganini shaxsan o‘zi ko‘zdan kechirgan va holat fotosuratga olingan, bu esa ijtimoiy tarmoqdagi ko‘plab turli kanallarda keng yoritilib, kuzatuvchilarni muhokamasiga sabab bo‘lgan. Hozirda isitish qozonlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda", - deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121502 | Инструменты