Huawei 2
Xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun 33 million so‘mgacha kreditlar ajratiladi

Xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi hisobidan 3 yilgacha va 6 oygacha imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada 33 million so‘mgacha kreditlar ajratiladi.

Kreditlar quyidagi dasturlarni muvaffaqiyatli tugatgan xotin-qizlarga beriladi:

- Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi ma’qullangan dasturlar asosidagi o‘quv kurslari;

-  «Ishga marhamat» monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari, mahallalardagi kasb-hunarga o‘qitish maskanlari va Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari yoki nodavlat ta’lim muassasalarining kasbga o‘rgatish o‘quv kurslarining maxsus o‘qitish dasturlari.

Izohlar: 3
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish
  • Bekzod
    0
    Bekzod 2 yil avval

    Bu ertaklar jonga tegdi tvda boshqa gap hayotda teskarisi

  • Fazilatmardonova1809@gmail.com
    0
    Fazilatmardonova1809 2 yil avval

    Assalomu alaykum. Men 2010 yilda firma ochgandim. Boshqarish qiyin bulyapti. Hozirda pensiyaga chiqdim uzim yuritmoqchiman yordam berolasizlarmi.

  • Diyor
    -2
    Diyor 2 yil avval

    Umuman boʻlmagan gap banklarga borsang oylik ish xaqqing boʻlmasa umuman qredit bermaydi


Tepaga