Huawei 1
Yaponiyaning “Digital Drill” oʻquv platformasi oʻzbekistonlik oʻquvchilar uchun tarjima qilinadi

Respublika ta'lim markazi va Yaponiyaning “GAKUSHO MChJ” kompaniyasi oʻrtasida taʼlim muassasalari hamda individual taʼlim oluvchilar uchun matematika boʻyicha Yaponiyaning ilgʻor va innovatsion texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha muhokama olib borildi.

Muhokama jarayonida JICA tashkiloti tomonidan matematika boʻyicha oʻzlashtirishi qiyin oʻquvchilar uchun qoʻshimcha oʻquv resurslari ishlab chiqish, Yaponiyaning “Digital Drill” oʻquv platformasini oʻzbekistonlik oʻquvchilar uchun tarjima qilish va moslashtirishga kelishib olindi.

Dastur Toshkent va Buxorodagi tanlangan maktablarda tajriba-sinovdan oʻtkaziladi va natijalarga koʻra loyihani kengaytiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga