O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmanov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) kengashi direktori Liliana de Sa Kirxknopf bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekistonning YTTB bilan moliyaviy va investitsiyaviy hamkorligini yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
YTTB kengashi direktori Liliana de Sa Kirxknopf bank hozirgi kunda Yangi O‘zbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholashini va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekistonda “yashil” iqtisodiyot, energetika va transport sohalaridagi loyihalarni YTTB tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, shuningdek, ayollar va yoshlar tadbirkorligi dasturlarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
YTTB shu kunga qadar O‘zbekiston bilan hamkorlikda jami 164 ta loyihani amalga oshirgan. Umumiy loyihalar portfelining 52 foizi xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri keladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112318 | Инструменты