8-14 dekabr kunlari Germaniyaning Gamburg shahrida Butunjahon boks ittifoqi (WBC)ning hisob bo‘yicha 62-Konvensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Nufuzli tadbirda O‘zbekiston professional boks federatsiyasining bir guruh rasmiylari ham ishtirok etishdi. Yodingizda bo‘lsa, o‘tgan yili noyabr oyida Toshkent shahrida WBC 61-Konvensiyasi yuvori saviyada tashkil etilgan va bu xalqaro hamjamiyatning eʼtirofiga sazovor bo‘lgan edi.
WBC prezidenti Maurisio Suleyman boshchilik qilgan Gamburg Konvensiyasida bir nechta yo‘nalishdagi muhim masalalar muhokama markazida bo‘ldi. Yakuniga yetib borayotgan 2024 yil sarhisobi hamda 2025 yilgi mavsum rejalari ko‘rib chiqildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121418 | Инструменты