Mamlakat yoshlarining intellektual salohiyatini oshirishda muhim musobaqa bo‘lgan mazkur turnirda ishtirok etish uchun shaxmat olamining taniqli vakillari — jahon chempionlari Vladimir Kramnik hamda Xou Ifan Toshkentga keldi.
Ma'lumot uchun, Vladimir Kramnik 14-jahon chempioni sanalsa, xitoylik Xou Ifan ayollar o‘rtasida to‘rt karra jahon chempioni, jamoaviy musobaqalarda esa uch marta dunyo birinchiligi g‘olibligiga erishgan.
19-noyabrga qadar davom etadigan III “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri davomida har ikkala nomdor shaxmatchi musobaqa ishtirokchilari uchuni master-klass saboqlarini o‘tkazishadi.