Huawei 1
Qozog‘iston boks bo‘yicha Jahon chempionati mezbonligiga ega bo‘ldi

Qozog‘iston 2027-yilgi boks bo‘yicha Jahon chempionatini o‘zida qabul qiladi. Bu haqda World Boxing rasmiy saytida xabar berdi.

Jahon chempionati xalqaro musobaqalar taqvimidagi muhim voqea bo‘ladi, chunki turnir Olimpiya o‘yinlaridan bir yil oldin bo‘lib o‘tadi.

“Qozog‘iston uchun 2027 yilda Olimpiya o‘yinlarigacha bo‘lgan davrda o‘tkaziladigan boks bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qilish katta sharaf va mas’uliyatdir. Mamlakatimiz keng ko‘lamli jahon sport chempionatlarini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribaga ega va bu turnir ham bundan mustasno bo‘lmasligiga ishonaman. Los-Anjelesdagi Olimpiada arafasida ushbu Jahon chempionatining ahamiyatini tushungan holda, World Boxing tashkilotiga bizga bildirgan ishonchi uchun minnatdorlik bildiramiz”, deydi Qozog‘iston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Gennadiy Golovkin.

Qayd etish joiz, Qozog‘iston tarixda ikkinchi marta boks bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Bungacha 2013 yilda Olmaota shahrida boks mundiali janglari o‘tkazilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121416 | Инструменты