Huawei 1
2022-yilda dunyoda eng ko’p sotilgan 10 ta smartfon nomlari e'lon qilindi

Counterpoint Research kompaniyasi 2022-yilda dunyoda eng ko’p sotilgan 10 ta smartfon nomlarini e’lon qildi.

Unga ko'ra, Apple kompaniyasining qurilmalari reytingda dastlabki uch o’rinni egallagan.

Reytinglar ro’yxatida iPhone 13 yetakchi bo’ldi - u butun jahon savdosining 5 foizini tashkil etgan.

Undan keyingi o’rinni esa 2,6 foiz va 1,7 foiz bilan iPhone 13 Pro Max hamda iPhone 14 Pro Max egalladi.

Top 5 talikdan Samsung Galaxy A13 va iPhone 13 Pro joy olgan.


Reytingda oltinchi o'rinni  iPhone 12 undan keyingi o'rinlarni esa quyidagi smartfonlar egalladi:

7.  iPhone 14

8. iPhone 14 Pro

9.  iPhone Se 2022

10. Samsung Galaxy A03

Mutaxassislar Apple kompaniyasining kuchli o’ntalikdagi mavqeini uning sodiq muxlislari va innovatsion texnologiyalari bilan izohlashdi.

Avvalroq dunyodagi eng kuchli Android smartfonlar reytingi yangilangani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62204 | Инструменты