Huawei 1
Afg'onistonda narxi $1200dan boshlanadigan elektrokarlar yaratilmoqda

Amin Noor kompaniyasi Afg'onistonda avtomobil sanoatining birinchi ishtirokchisiga aylandi. Kompaniya 11 turdagi yo’lovchi va yuk mashinalarini ishlab chiqaradi. Bugungi kunga kelib 200ga yaqin avtomobil o’z mijozini topishga ulgurdi. Mashinalarning e’tiborli jihati ularning narxidadir. Har bir mashina $1200-dan $2500-gacha baxolangan.

Barcha transport vositalari zavodning o’zida ishlab chiqarilmoqda, ammo tarkibiy qismlarning katta qismi Xitoydan olib kelinadi.

Kompaniya rahbari Ahmad Ziyoning aytiishicha, ohirgi uch yil ichida lokalizatsiya darajasi 80%ga yetdi. Keyingi  5-10 yil ichida ushbu raqamni 100%-ga yetkazish reja qilingan.

Afg'oniston Iqtisodiyot vaziri Mustafo Mansurning so'zlariga ko'ra, Amin Noor kompaniyasi tomonidan yaratilayotgan mashinalarga mamlakat ichidagi talab juda yuqori.

"Avvalambor bu ekologik xavfsiz mashinalardir, chunki ular quvvatlangan batareyalarda ishlaydi. Yana bir jihat, ularning narxidir. Iste’molchilar ularni bemalol sotib olishi mumkin, chunki mashinalar arzon“, - dedi vazir.

Izohlar: 9
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish
  • yusuf/
    0
    yusuf/ 3 yil avval

    Kompaniya saytini yozing iltimos /9

  • Bekzod
    2
    Bekzod 3 yil avval

    Qoyil lekin hammagayammas. Omadini bersin

  • Bahrom
    3
    Bahrom 3 yil avval

    Zör-ku. 12 300 000 sömga mashina.

  • Sarvar
    32
    Sarvar 3 yil avval

    Bizaga olib kelib bo‘lmaydi, chunki moooooonoooooopooooliiiiiiyaaaaa degan ajdarho bor!!!

  • ilhomjon469imy@gmail.com
    0
    Ilhomjon469imy 3 yil avval

    shu kompaniyani saytini yozvorolislami

  • Davron
    3
    Davron 3 yil avval

    O'zbekistondayam ishlab chiqarishsin xalqga juda kere

  • Hayotjon Abdusamatov
    12
    Hayotjon Abdusamatov 3 yil avval

    Ajoyib! Bizgayam olib kelsa boʻlarkan.


Tepaga