Apple Broadcom kompaniyasi bilan AQShda ishlab chiqarilgan chiplardan foydalanish uchun bir necha milliard dollarlik shartnoma tuzganini ma'lum qildi.
Ko’p yillik shartnoma doirasida Broadcom AQShning bir nechta zavodlarida loyihalashtiriladigan 5G radio chastotali komponentlarini ishlab chiqarish uchun Apple bilan hamkorlik qiladi.
iPhone ishlab chiqaruvchisi Broadcom’ning eng yirik mijozi hisoblanib, ulushi kompaniyaning o’tgan moliya yilidagi 7 milliard dollarga yaqin daromadidan qariyb 20 foizini tashkil qilgan. Broadcom aksiyalari e'londan keyin 4,3%ga o’sdi.
Apple kompaniyasi 5G texnologiyasini ishlab chiqish uchun o’n milliard dollarlab mablag’ sarflamoqda, bu esa AQShda maishiy elektronikaning keyingi avlodini ishlatishda yordam berishi kutilmoqda. Shu bilan birga, 5G avtonom transport vositalari hamda virtual haqiqat o'yinlari uchun zarur bo'lgan tezlikni ta’minlaydi.
Sarmoya Apple’ning 2021-yilda olgan AQSh iqtisodiyotiga kelgusi besh yil ichida 430 milliard dollar kiritish majburiyatining bir qismi hisoblanadi. Kompaniya bu maqsadga erishish yo'lida harakat qilmoqda.
Avvalroq Apple kompaniyasi Hindistonda o’zining birinchi brend do‘konini ochgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51408 | Инструменты