Huawei 1
AQSH Isroilning harbiy harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 8,7 milliard dollar ajratadi

Isroil harbiy harakatlarga sarflash uchun AQSHdan 8,7 milliard dollarlik yordam paketini oladi. Bu haqda Isroil mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Isroil Mudofaa vazirligi bosh direktori Eyal Zamir davom etayotgan harbiy sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun AQSHning 8,7 milliard dollarlik muhim yordam paketi bo‘yicha muzokaralarni yakunladi”, deyiladi bayonotda.

Aniqlik kiritilishicha, yordam paketi asosiy harbiy xaridlar uchun 3,5 milliard dollar va havo hujumidan mudofaa tizimlari, shuningdek, ilg‘or lazer tizimi uchun 5,2 milliard dollarni o‘z ichiga oladi.

Avvalroq Isroil mudofaa armiyasi Livanning “Hizbulloh” guruhiga qarshi quruqlikdan operatsiyaga tayyorlanayotgani xabar berilgandi.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Livan bilan chegaradosh hududlardan evakuatsiya qilingan o‘n minglab isroilliklar o‘z uylariga qaytishi mumkinligini aytdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92714 | Инструменты