AQSH va Rossiya Arktikada tabiiy resurslarni birgalikda qazib olish va savdo yo‘llari bo‘yicha hamkorlik qilish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqida Bloomberg o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Agentlikning bir manbasi amerikalik rasmiylar Arktika bo‘yicha hamkorlikni Moskva va Pekin o‘rtasida nizo chiqarish usuli sifatida ko‘rib chiqayotganini aytdi. Biroq u bu rejalar muvaffaqiyatli bo‘lishi dargumon ekanini, chunki so‘nggi yillarda Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar ancha mustahkamlanganini taʼkidladi.
Rossiya va NATO‘ning yetti aʼzosi – AQSH, Kanada, Daniya, Finlyandiya, Islandiya, Norvegiya va Shvetsiya bilan o‘ralgan Arktika mintaqasi so‘nggi yillarda tobora ko‘proq qiziqishga sabab bo‘lmoqda. Iqlim o‘zgarishi sababli muzlarning erishi Arktikada yangi dengiz yo‘llari va energetik hamda mineral resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini ochmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22720 | Инструменты