Huawei 1
AQShda «Helen» to‘foni oqibatida halok bo‘lgan soni 60 kishidan oshdi

AQSh janubi-sharqiga yopirilgan «Helen» to‘foni «tarixiy suv toshqinlarini» yuzaga keltirdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda tabiiy ofat oqibatida 62 kishi halok bo‘lgan, 3 milliondan ortiq xonadon elektr ta’minotisiz qolgan. Bu haqda CNN ma’lum qildi.

«Helen» yopirilishidan ayniqsa, Florida, Jorjiya, Janubiy Karolina, Tennessi va boshqa shtatlar jabr ko‘rdi. «To‘fon xavfli va halokatli bo‘lib qolmoqda, u insonlar hayotiga zomin bo‘lyapti va suv toshqinlari xavfi hamon yuqori», — deydi AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris.

Tennessi shtatidagi Ervin shahrida politsiya va qutqaruvchilar vertolyot yordamida shifoxona tomiga chiqib olgan 50 dan ortiq insonni qutqarishga muvaffaq bo‘lgan. Ular qutqarilishidan bir necha soat oldin senator Bill Hegerti AQSh rasmiylarini suv qurshovida qolgan odamlarga resurslar yetkazib berishga chaqirgan va vaziyatni «juda og‘ir» deb atagandi.

«Helen» to‘foni 26 sentabr kuni Floridaga yopirildi, keyin esa qo‘shma shtatlar tomon harakatlanishni boshladi. Shamol tezligi soatiga 225 kilometrga yetmoqda, to‘fonga to‘rtinchi — «favqulodda xavfli» darajasi berilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 93001 | Инструменты