Huawei 2
Armanistondagi portlash munosabati bilan ikki kunlik motam e’lon qilindi

Armaniston bosh vaziri Nikola Pashinyan Yerevandagi “Surmalu” bozoridagi portlash munosabati bilan mamlakatda 17-avgustdan boshlab ikki kunlik motam e’lon qildi.

“Hukumat tuzilmasi va faoliyati toʻgʻrisida”gi qonundan kelib chiqib, portlash va yongʻin oqibatida halok boʻlganlar xotirasiga bagʻishlab, 17 va 18 avgust kunlari Armanistonda motam eʼlon qilinsin”, — deyiladi hukumat qarorida.

Eslatib o’tamiz, “Surmalu” ulgurji bozorida portlash yakshanba kuni tushdan keyin sodir bo'lgandi. Natijada 16 kishi halok bo‘lgan, 62 kishi jarohat olgan, 18 kishining taqdiri hozircha noma'lum.

Bozordagi yong‘in deyarli uch kun davomida o‘chirilib, 16-avgust kuni to‘liq bartaraf etilgan.

Armaniston Bosh prokuraturasi ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga