AZAL Aqtaudagi halokatdan so‘ng Rossiyaning yetti shahriga parvozlarni to‘xtatdi

Chechenistonga uchgan samolyoti halokatga uchragach, avvalroq Maxachqal'a va Grozniyga parvozlarni to'xtatgan aviakompaniya endi Minvodiy, Sochi, Samara, Ufa va Volgogradga parvozlarni amalga oshirmaydi.

Avvalroq, Grozniy va Maxachqal’aga parvozlar to‘xtatilgan edi.

Qaror Embraer 190 samolyotining “jismoniy va texnik aralashuvlar natijasida yuzaga kelgan” halokati bo‘yicha “dastlabki tergov natijalari” hamda parvozlarga “ehtimol bo‘lgan xavflar”ni hisobga olgan holda qabul qilindi”, — deyiladi aviakompaniya xabarida. 

28-dekabrdan so‘nggi tergov yakunlanguniga qadar parvozlar to‘xtatilgan. Aviakompaniya, shuningdek, parvozlarni toʻxtatish Ozarbayjon fuqaro aviatsiyasi davlat agentligi qarori asosida amalga oshirilganini taʼkidladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52420 | Инструменты