Huawei 1
Bir dona banan 6,2 mln dollarga sotildi

Devorga skotch bilan yopishtirilgan banandan iborat asar Sotheby’s auksionida 6,2 million dollarga sotildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, italiyalik rassom Mauritsio Kattelan tomonidan yaratilgan “Komediant” asari 2019 yilda Mayamidagi Art Basel ko‘rgazmasida ilk bor namoyish etilgan va san’at olamini larzaga solgan. U shunchalik katta olomonni jalb qilganki, xavfsizlik va boshqa eksponatlarni himoya qilish maqsadida ko‘rgazmadan olib tashlangan.

Joriy yilning 20 noyabr kuni Nyu-Yorkdagi Sotheby’s auksionida asar savdosi 800 ming dollardan boshlangan va taxminan besh daqiqa ichida 5,2 million dollarga ko‘tarilgan. Ushbu narxga xaridorning qo‘shimcha to‘lovi (auksion komissiyasi) ham qo‘shilgan. Sotheby’s ma’lumotiga ko‘ra, savdolashuv internet orqali amalga oshirilgan va dastlabki 1,5 million dollarlik bahodan ancha oshib ketgan.

Savdoni telefonda amalga oshirgan g‘olib xitoylik kolleksioner va Tron kriptovalyutasi asoschisi Jastin San. U to‘lovni kriptovalyutada amalga oshirgan va banan chirib qolsa, uni almashtirish xaridor zimmasida bo‘lishini ta’kidlagan.

“Bu oddiy san’at asari emas – bu san’at, memlar va kriptovalyuta jamoalarini bog‘laydigan madaniy fenomenni ifodalaydi. Ushbu asar kelajakda ko‘proq fikr va munozaralarni ilhomlantirishiga ishonaman va u tarixning bir qismiga aylanadi”, deydi Jastin San.

Qayd etilishicha, San o‘sha bananni iste’mol qilishini ma’lum qilgan, chunki ushbu asarning dunyo bo‘ylab namoyishi davomida kamida ikki tomoshabin bananni yeb qo‘ygan.

Bundan tashqari, ushbu asar san’at ekspertlari tomonidan yaxshigina tanqidga ham uchragan va uni kulgili hamda bema’ni, deb atagan. 

Ma’lumot uchun, asar muallifi Kattelan boshqa ishlari, masalan, oltindan ishlangan hojatxona va meteorit zarbasiga uchragan Papa haykali bilan ham mashhur.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112321 | Инструменты