Huawei 1
“Biz Britaniya mustamlakasi emasmiz” — qirg‘izistonlik deputat

Buyuk Britaniya 24-fevral kuni “Rossiya harbiy mashinasini qo‘llab-quvvatlagani” uchun Qirg‘izistonning “Keremet Bank”iga qarshi sanksiyalar qo‘lladi. Qirg‘iziston Jogorku Keneshi deputati Ishoq Masaliyev Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligini sanksiyalarga munosabat bildirishga chaqirdi. Bu haqda u o‘zining Facebook sahifasida yozdi.

“Dunyo yomon tomonga o‘zgarmoqda, imperialistik intilishlar yana jonlanmoqda. Buyuk Britaniya Qirg‘izistonning “Keremet Bank”iga sanksiya qo‘lladi. Go‘yo Rossiya bilan aloqalari bor emish. Agar shunday bo‘lsa, unda ular Rossiyada ishlayotgan millionlab fuqarolarimizga ham sanksiya qo‘llashi kerak edi”, dedi deputat.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston Buyuk Britaniya oldida tashqi siyosat va bank faoliyati bo‘yicha hech qanday majburiyatlarga ega emas.

“Biz Britaniyaning mustamlakasi emasmiz. Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi bu masalaga, albatta, munosabat bildirish kerak, deb hisoblayman”, deya qo‘shimcha qildi Masaliyev.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22714 | Инструменты