Huawei 1
Britaniyalik aktrisa Meggi Smit 89 yoshda vafot etdi

«Garri Potter» filmi va «Daunton abbatligi» serialidagi rollari bilan tanilgan britaniyalik aktrisa Meggi Smit vafot etdi. U 89 yoshda edi.

«Garri Potter» filmi franshizasida professor Makgonagal roli bilan tanilgan britaniyalik aktrisa Meggi Smit 89 yoshida vafot etdi. Bu haqda The Гуардиан xabar bermoqda. U Londonning Chelsi va Vestminster shifoxonasida vafot etdi.

Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, aktrisaning o‘limi haqidagi maʼlumotni uning o‘g‘illari Kris Larkin va Tobi Stivens qo‘shma bayonotda tasdiqlashgan. Undan ikki o‘g‘il va besh nabira qolgan. 

Meggi Smit 1934 yil 28 dekabrda Esseks grafligining Ilford shahrida tug‘ilgan. Aktrisa kinodagi debyutini Say Endfildning 1956 yilda suratga olingan «Uydagi bola» filmida qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92800 | Инструменты