Huawei 1
Buyuk Britaniyada iyul oyida inflatsiya 40 yil ichida birinchi marta 10 foizdan oshdi

Buyuk Britaniyada iste'mol narxlari iqtisodchilar kutgan 9,8 foizlik prognozlardan tezroq o'smoqda. Iyun oyida u 9,4% ni tashkil etgan edi, deb xabar qildi Reuters nashri. 

Ta'kidlanishicha, iste'mol narxlarining oylik o'sishiga oziq-ovqat mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar narxlarining oshishi eng katta hissa qo'shdi.

“Endi, inflatsiya Angliya Bankining maqsadli ko'rsatkichidan besh baravar oshgandan keyin, savol “u choralarni kuchaytiradimi?” emas, balki “qanchaga kuchaytiradi?”, - deydi Bloomberg Economics iqtisodchisi.

Eslatib o’tamiz, oxirgi marta Angliya banki asosiy stavkani 4-avgust kuni 0,5 punktga 1,75% gacha oshirgan edi. Bu so‘nggi 27 yildagi eng keskin o‘sish bo’ldi. Regulyatorning prognoziga ko‘ra, yil oxirigacha inflatsiya 13 foizgacha tezlashadi. To'rtinchi chorakda Angliya banki mamlakatda retsessiyani kutmoqda.

Avvalroq, Yevropa Markaziy banki 11 yil ichida birinchi marta bazaviy foiz stavkasini 0,5% gacha oshirgani xabar qilingandi. Joriy yilning iyul oyi boshida Eurostat o'tgan oyda yevrohududdagi 8,6% lik eng yuqori yillik inflatsiya haqida hisobot e'lon qilgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga