Daniyada shifokorlarning bemorlarga tibbiy nasha yozishiga ruxsat beruvchi vaqtinchalik qonun endi doimiy bo‘ladi. Qirollik Ichki ishlar va sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, parlamentdagi aksariyat partiyalar bunga rozi bo‘lgan.
2018-yildan beri shifokorlarga ushbu preparatni buyurishga ruxsat berilgandi. Bundan maqsad, boshqa dori-darmonlarni sinab ko‘rgan va yaxshilanishni boshdan kechirmagan, kuchli og‘riq his qilayotgan bemorlarga nasha iste’mol qilish imkoniyatini berish edi.
Gap keng yoyilgan skleroz, orqa miya jarohati, saraton yoki surunkali og‘riqli bemorlar haqida ketmoqda.
“Ko‘pchilik tibbiy nasha iste’molidan keyin ahvoli yaxshilanganini his qiladi, og‘riq yoki ko'ngil aynishi ancha kamayadi. Parlament partiyalari o'rtasidagi kelishuv tufayli, boshqa dori vositalaridan qoniqarli natijalar ololmagan bemorlar endilikda xavfsiz muhitda tibbiy nasha olishi mumkin bo'ladi”, deb tushuntirdi Ichki ishlar va sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Sofi Leyode.
Daniyadagi ba'zi shifokorlar vaqtinchalik qonunni tanqid qilishdi va ruxsat berilgan bo‘lsa ham bemorlarga nasha buyurmadi. Ularning ta’kidlashicha, bemorlar preparatning oqibatlari va nojo‘ya ta’sirlari haqida yetarli ma’lumot ololmaydilar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112916 | Инструменты