Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonning to‘ng‘ich o‘g‘li Yusuf Pezeshkiyon Prezident ma’muriyati rahbarining matbuot masalalari bo‘yicha maslahatchisi va yordamchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “Ozod Eron” Telegram-kanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur lavozimga tayinlashni Prezident devoni rahbari Mohsin Hoji Mirzoiy amalga oshirgan. Yusuf Pezeshkiyon Eronning nufuzli texnika oliy o‘quv yurtlaridan biri – Sharif texnologiya universitetida kosmik nurlar fizikasi bo‘yicha tahsil olgan va bakalavr, magistr va doktorlik darajalariga erishgan. U, shuningdek, Sahand texnologiya universitetida ham ishlagan.
“Shuni ham ta’kidlash kerakki, Mas’ud Pezeshkiyonning kuyovi Hasan Majidiy Eron Prezidenti ma’muriyati rahbarining maxsus yordamchisi lavozimiga tayinlangan”, deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121301 | Инструменты