Eron yadroviy dastur bo‘yicha AQSh bilan muzokaralar o‘tkazish uchun "eshiklarini ochdi". Mamlakat oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiyning so‘zlariga ko‘ra, dushman bilan muloqotning "hech qanaqa zarari yo‘q".
Shu bilan birga, Xomanaiy Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon boshchiligida o‘tkaziladigan har qanday muzokaralarning aniq chegarasini belgilab berib, Vashingtonga ishonib bo‘lmasligi haqida ogohlantirdi.
"Bu ma’lum bir vaziyatda dushman bilan o‘zaro muloqotda bo‘la olmasligimizni anglatmaydi. Buning hech qanday zarari yo‘q, lekin ularga umid bog‘lamang", — deydi Eron oliy rahnamosi.
Associated Press’ning yozishicha, Xomanaiyning so‘zlari Eron 2015 yilda o‘z yadroviy dasturini iqtisodiy sanksiyalarni yechish evaziga qisqartirgan paytdagi gaplariga o‘xshamoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51407 | Инструменты