Huawei 1
Finlyandiya Rossiya bilan chegarani mustahkamlash uchun Yevropa ittifoqidan 50 mln yevro so‘radi

Finlyandiya Ichki ishlar vazirligi Rossiya bilan chegarada nazoratni kuchaytirish uchun 50 million yevro ajratishni so‘ramoqda. Bu haqda Finlyandiya hukumatining press-relizida ma’lum qilingan.

Xususan, harakat datchiklari, geopozitsiyani aniqlash asboblari, yangi turdagi dronlar va boshqa jihozlarni xarid qilish rejalashtirilgan. Shuningdek, 24 ta avtomobil, 18 ta kvadrosikl va 34 ta qorda yuradigan avtomobil xarid qilinadi.

“Natijada Finlyandiyaning sharqiy chegarasida razvedka qobiliyatlari va vaziyatdan xabardorlik sezilarli darajada yaxshilanadi, bu esa milliy va oxir-oqibat Yevropadagi xavfsizlikni kuchaytirishga hissa qo‘shadi”, deyiladi Yevropa ittifoqining Chegara xavfsizligi va viza siyosati bo‘yicha Moliyaviy boshqarmasi bayonotida.

Finlyandiya Yevropa ittifoqi davlatlari ichida Rossiya bilan eng uzun chegaraga (jami 1340 km) ega davlat hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92716 | Инструменты