Huawei 1
Fransiyada emlash uchun xatto igna yetishmayapti

Fransiyalik shifokorlar Pfizer va BioNTech tomonidan ishlab chiqarilgan dori-darmonlar bilan emlash jarayonida kutilmagan muammoga duch keldilar. Bu mamlakatda kerakli o’lchamdagi  ignalar bilan shpritslarning yetishmayotganidir.

Fransiyadagi kasalxonalardan birida ishlaydigan shifokor - Laurent Finyon emlash kampaniyasi boshlanganidan keyin u qo'shimcha imkoniyatlar izlashga majbur bo'lganini, chunki kerakli shpritslarning zaxiralari yetarli emasligini aytdi.

Pfizer va Biontech tomonidan ishlab chiqarilgan dori-darmonlar bilan emalsh uchun ignalar maksimal darajada nozik bo’lishi kerak. Shu bilan birga, mijozning yelka mushaklariga dori chuqur jo’natilishi uchun ham bu juda muhim.

Doktor Finyon ishlaydigan shifoxona sog'liqni saqlash boshqarmasi tomonidan juda kichik o’lchamdagi ignalar bilan ta’mnlandi.  Bu esa dorining 20 foizini ortiqcha isrof qilinishiga olib keladi.

"Biz urush davrida emasmiz. Emmanuel Makron mart oyida bu haqida ko’p takrorladi. Yo'q, bu urush emas, faqatgina sog'liqni saqlash inqirozi. Yevropada kuzga qadar bir necha million bunday shpritslarni ishlab chiqaradigan zavodlarni topishimiz kerak. Biz oddiygina igna so’rayapmiz. Ignalar xatto niqoblardan ko’rsa oson tayyorlanadigan buyumlardir", dedi shifokor.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga