Germaniyada yetakchi koalitsiyani boshqarayotgan Sotsial-demokratik partiya 2025-yil fevralida muddatidan avval o‘tkaziladigan saylovda kanslerlikka Olaf Shols nomzodini ko‘rsatdi.
Hozirgi hukumatni boshqarayotgan Olaf Shols qayta saylanish niyatida ekanini bildirdi, biroq yirik nemis siyosatchilari orasida uning reytingi eng past — 31,4 foiz. Boshqa bir sotsial-demokrat, mudofaa vaziri Boris Pistorius esa aksincha, eng yuqori reytingga ega siyostachi edi — 52,8 foiz.
GSDPning ko‘zga ko‘ringan a’zolari va hududiy bo‘limlari ham Pistorius tarafida edi. Biroq partiya rahbariyatidagi ko‘pchilik Sholsga sodiq qoldi. Va yakunda ular g‘olib chiqishdi: payshanba kuni Pistorius kanslerlikka harakat qilmasligini ma’lum qildi.
INSA ijtimoiy instituti ma’lumotlariga ko‘ra, Sholsning reytingi boshqa nomzodlar — Fridrix Mers (XDI/XSI bloki) va Robert Habek (90/Yashillar ittifoqi)nikidan past.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112317 | Инструменты