Huawei 1
Gruziyada MSK rahbariga bo‘yoq sepgan muxolifatchi jazolandi

Gruziya sudi “Birlik – Milliy harakat” muxolifat partiyasidan Markaziy saylov komissiyasi a’zosi David Kirtadzeni Markaziy saylov komissiyasi rahbari Giorgiy Kalandarishviliga qora bo‘yoq sepgani uchun 500 lari (182 dollar) miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda “Mtavari” xabar berdi.

Qayd etilishicha, David Kirtadze to‘rt yilga MSK a’zoligidan ham mahrum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 noyabr kuni Kirtadze yig‘ilish vaqtida Giorgiy Kalandarishvilini saylov qonunchiligini buzishda ayblab, uning ustiga qora bo‘yoq sepgan edi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112315 | Инструменты