Huawei 1
“Hizbulloh” yetakchisi qanday yo‘q qilingani ko‘rsatildi

Isroil armiyasi tomonidan “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh qanday yo‘q qilingani aks etgan kadrlar e’lon qilindi. Saudiya Arabistonining Al Arabiya telekanali voqeani modellashtirdi.

Ma’lum qilinishicha, tonnalab bombalar bilan 6 ta bino va bunkerlar portlatib yuborilgan. Hasan Nasrullohni yo‘q qilish uchun Isroil 80 dan ortiq bombadan foydalangani aytilmoqda. Voqea joyidan “Hizbulloh” yetakchisining jasadi topilgan. Nasrulloh portlashdan o‘lgan bo‘lishi mumkin, uning tanasida jarohatlar qayd etilmagan.

“Hizbulloh” yetakchisining o‘limini tasdiqlovchi bayonotida uning qanday o‘ldirilgani va dafn marosimi qachon o‘tkazilishi haqida ma’lumot bermagan. 

Livanda 30-sentyabrdan 2-oktyabrgacha uch kunlik motam eʼlon qilingan. Isroilning Livanga hujumlari oqibatida qurbonlar soni 1030 kishiga yetdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 93001 | Инструменты