Huawei 1
Indoneziya Apple’ning 100 mln dollar sarmoya kiritish taklifini rad etdi

Indoneziyada iPhone 16 importi taqiqlangach, Apple kompaniyasi mamlakat iqtisodiyotiga ikki yil ichida 100 million dollar kiritishni va o‘z qurilmalari uchun komponentlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi. Ammo Indoneziya hukumati buni yetarli deb hisoblamayapti va sarmoya miqdorini oshirishni talab qilmoqda. Bu haqda CNBC xabar berdi.

Mamlakat qonunchiligi bo‘yicha Apple Indoneziyada sotiladigan mahsulotlari uchun 40 foiz lokalizatsiyani ta’minlashi kerak. Ammo kompaniya mahsulotlari hozircha bu talablarga javob bermaydi. Shu asosda kompaniya vakillari bilan o‘tkazilgan muzokaralarda indoneziyalik rasmiylar yanada kengroq mahalliylashtirishni talab qilgan.

Apple tomonidan taqdim etilgan dastlabki rejaga ko‘ra:

  • 100 million dollar mablag‘ni ilmiy izlanishlar va dastur ishlab chiqaruvchilarni tayyorlash uchun yo‘naltirish;
  • 2025 yil iyul oyidan boshlab qurilmalarining ayrim qismlari, masalan, AirPods Max quloqchinlari uchun to‘rchalarning ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish taklif qilingan.

Biroq Indoneziya hukumati sarmoyalar hajmini oshirish va ishlab chiqarishni kengaytirishni talab qilgan, shu jumladan, kompaniyaning tayyor aksessuarlarini ham mamlakatda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni taklif etgan. Muzokaralar natijalari hozircha ma’lum emas.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112322 | Инструменты