Huawei 1
Isroil Livanda quruqlikdagi operatsiya o'tkazilishini e'lon qildi

Isroil mudofaa armiyasi Livanning “Hizbulloh” guruhiga qarshi quruqlikdan operatsiyaga tayyorlanmoqda. Bu haqda armiya bosh shtabi boshlig‘i Gersi Xalevi ma’lum qildi.

U yettinchi zirhli tank brigadasi harbiy xizmatchilariga murojaat qilib, “ularning etiklari dushman hududiga qadam bosishi”ni aytdi. 

Yuqorida samolyotlarning ovozini eshityapsizmi? Biz kun bo‘yi hujum qilyapmiz — ham hududni ehtimoliy bosqinga tayyorlash, ham “Hizbulloh”ga zarba berishni davom ettirish uchun, dedi Xalevi.

Uning bayonoti Livanga quruqlikdan hujumni taqlid qiluvchi harbiy mashqlarda yangragan. Isroil bosh shtabi qo‘mondoni, shuningdek, Livandan Tel-Avivga ballistik raketa uchirilishiga “juda kuchli javob” berishni va’da qilgan.

O‘z navbatida, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Livan bilan chegaradosh hududlardan evakuatsiya qilingan o‘n minglab isroilliklar o‘z uylariga qaytishi mumkinligini aytdi.

Vashingtonning fikricha, Isroilning Livandagi quruqlikdagi operatsiyasining oldini olish mumkin. Shu bilan birga, AQSH prezidenti Jo Bayden Yaqin Sharqda keng ko‘lamli urushni istisno qilmadi.

Bu mintaqada keng ko‘lamli urush bo‘lishi mumkin, ammo Isroilning “Hizbulloh” va HAMAS guruhi bilan konfliktni hal qilish imkoniyati ham mavjud, dedi u.

Yevropa davlatlari (Portugaliya, Daniya, Ispaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya) rasmiylari Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasidagi jangovar harakatlar kuchayishi fonida o‘z fuqarolarini Livanni zudlik bilan tark etishga chaqirmoqda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92716 | Инструменты