NDP rahbarining aytishicha, "demokratiya, suverenitet va global barqarorlikka tahdidlar"ga asoslanib, Tramp sammitga taklif qilinmasligi kerak.
Kanada Yangi Demokratlar partiyasi (NDP) yetakchisi Jagmit Singx AQSh prezidenti Donald Trampni joriy yilda Kanadada bo‘lib o‘tadigan G7 sammitida ishtirok etishdan chetlashtirishga chaqirdi.
Singx bu yilgi G7 sammitida Kanadaning rais sifatidagi roli haqida o'z pozitsiyasini bildirdi.
Uning aytishicha, “demokratiya, suverenitet va global barqarorlikka tahdidlar”dan kelib chiqib, Tramp sammitga taklif qilinmasligi kerak.
“Demokratiyamiz va suverenitetimizga tahdid soluvchi odamni nega taklif qilamiz?”. - dedi Singx.
U Trampning xatti-harakatlari va siyosati xalqaro tashkilotlarga zarar yetkazayotganini ta’kidlab, “Katta yettilik” sammiti “Tramp keltirayotgan tahdidlarga qarshi kurashish uchun ittifoqchilar bilan hamkorlik qilish imkoniyati” ekanini qo‘shimcha qildi.
14-fevral kuni Donald Tramp Rossiyani Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va AQShni o‘z ichiga olgan G7ga qayta qabul qilish kerakligini aytdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22717 | Инструменты