900 mingga yaqin livanlik Isroil va Hizbulloh harakati o‘rtasidagi janglar tufayli uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Bu haqda BMTning Livandagi Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) ma’lum qildi.
Departament hisobotida qayd etilishicha, BMT Xalqaro migratsiya tashkiloti ekspertlari o‘z uylarini tashlab ketgan aholi sonini 896,3 ming kishini tashkil etadi, ularning 51 foizga yaqini ayollardir.
OCHA maʼlumotlariga ko‘ra, Livan bo‘ylab ko‘chirilganlar uchun 1173 ta vaqtinchalik boshpana mavjud bo‘lib, ulardan 975 tasi to‘liq band. Ularda taxminan 188 ming kishi bor.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112322 | Инструменты