Huawei 1
Makron: AQSH Isroil bosh vaziriga bosimni kuchaytirishi kerak

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQSHni Livanda 21 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishi uchun Isroilga bosim o‘tkazishga chaqirdi. Makron Isroilning bu mamlakatga bostirib kirishi jiddiy xato bo‘lishini aytdi, deb xabar beradi Reuters.

Fransiya va AQSH tomonidan taklif qilingan sulh rejasini yahudiy davlati rad etgandi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu armiyaga harbiy harakatlarni to‘liq kuch bilan davom ettirish to‘g‘risida buyruq bergan. Endilikda Makron sulh rejasini qabul qilishga hali vaqt borligini aytmoqda.

“Men ishonamanki, AQSH Isroil bosh vaziriga bosimni kuchaytirishi kerak. Agar Netanyaxu rad etsa, Fransiya bu masalani BMT Xavfsizlik kengashiga ko‘taradi. Biz barcha hamkorlarimizning bu aniq xabarni yetkazishda ovozlari baland va bizga sodiq bo‘lishlarini kutmoqdamiz: Bugun Isroil Livanga bostirib kirishi mumkin emas. Hozirgi kunda Livanda urush bo‘lishi mumkin emas; bu juda katta xato va vaziyatni keskinlashtirish xavfini tug‘diradi”, dedi Fransiya yetakchisi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92716 | Инструменты