Huawei 1
Pezeshkiyon Nasrullohning o‘limida AQSHni aybladi

Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon AQSHni “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrullohni o‘ldirishda aybladi. Bu haqda IRNA xabar berdi.

Davlat rahbari o‘z bayonotida Nasrullohni Isroilga qarshi kurashi uchun olqishladi va “sionistlarning terror hujumi qarshilik oilasini har qachongidan ham kuchliroq qilishini” ta’kidladi.

U, shuningdek, AQSHni Isroilni ochiq qo‘llab-quvvatlayotganlikda aybladi.

“Xalqaro hamjamiyat bu terakt Nyu-Yorkdan buyurtma qilinganini unutmaydi va sionistlarning sheriklari bo‘lgan amerikaliklar o‘zlarini oqlay olmaydi”, deydi Pezeshkiyon.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 93001 | Инструменты