Huawei 1
Qo‘shtepa kanali qurilishining ikkinchi bosqichida 81% ish yakunlandi

Qo‘shtepa kanali ikkinchi bosqichining 81 foizi va ushbu kanal to‘g‘oni qurilishining 67 foizi yakunlandi. Bu haqda Afg‘oniston Milliy taraqqiyot kompaniyasi ma’lum qildi.

Bu katta irrigatsion loyiha Amudaryo suvini Afg‘onistonning ayrim hududlariga olib o‘tish uchun amalga oshirilmoqda va bu Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida xavotirlarga sabab bo‘lmoqda.

Qobuldagi IRNA muxbirining xabariga ko‘ra, Afg‘onistonning Milliy taraqqiyot kompaniyasi mas’ullari bir necha kun avval rasmiy bayonot berib, Qo‘shtepa kanali ikkinchi bosqichidagi ishlar 81 foizga yakunlanganini va kanalning bosh to‘g‘oni qurilishida 67 foiz progressga erishilganini ma’lum qildi.

Bayonotga ko‘ra, kanal ustida to‘rtta ko‘prik qurilishi davom etmoqda va kelgusida Qo‘shtepa kanali yo‘nalishida yana boshqa ko‘priklar ham quriladi. Qo‘shtepa kanali birinchi bosqichi yakunlangandan so‘ng, uning ikkinchi bosqichi Balx viloyatining Davlatobod tumanida boshlanib, Faryob viloyatining Andxo‘y tumanigacha 128 kilometr uzunlikdagi hududda jadal amalga oshirilmoqda.

Amudaryo, yoki Jayxun, Markaziy Osiyoning eng suvli daryosi bo‘lib, uning manbai Pomir tog‘laridan boshlanadi. Daryo Afg‘onistonning Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston chegaralari bo‘ylab taxminan 1126 kilometr uzunlikda oqadi. Garchi daryoning asosiy oqimi Orol dengiziga yo‘naltirilgan bo‘lsa-da, suvning barchasi yo‘ldagi qishloq xo‘jaligi kanallari orqali iste’mol qilib yuborilmoqda.

2021 yilda Afg‘onistonda “Tolibon” muvaqqat hukumati ish boshlaganidan so‘ng, daryoning sezilarli qismini mamlakat ichkarisiga olib o‘tish maqsadida Balxdan Faryobgacha 300 kilometr uzunlikda va 15 metr kenglikda katta suv kanali qurishga qaror qilindi. Ular bu tashabbusni qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish maqsadida 2022 yil aprel oyida Balx viloyatida ishlarni boshlaganini va uni 5 yil ichida yakunlashni rejalashtirayotganini e’lon qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121200 | Инструменты