Huawei 1
Reuters: Suriyaning Idlib viloyati to‘liq jangarilar nazoratiga o‘tdi

Suriya shimoli-g‘arbidagi Idlib viloyati to‘liq jangarilar nazoratiga o‘tdi, deb xabar berdi Reuters.

28 noyabr kuni CNN telekanali Suriyaning qurollangan muxolifat guruhlari Halab viloyatining g‘arbiy hududlarida hukumat qo‘shinlariga qarshi yirik hujum uyushtirgani haqida xabar bergandi. Telekanal manbasiga ko‘ra, jangarilar 13 ta aholi maskani, jumladan, strategik ahamiyatga ega Urm-as-Sug‘ra va Anjar shaharlarini egallab olgan.

Qolaversa, jangarilar Halab shahriga ham kirib borgani haqida xabar berilgan.

30 noyabr sanasida Rossiya harbiy-havo kuchlari Halab viloyatidagi jangari guruhga zarba bergan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121301 | Инструменты