Tramp Rossiya-Ukraina urushi bo‘yicha maxsus elchi lavozimini joriy etishni va unga AQSHning Germaniyadagi sobiq elchisi Richard Grenellni tayinlashni rejalashtirmoqda.
Richard Grenell Trampning oldingi prezidentlik muddatida qisqa vaqt Milliy razvedka direktori vazifasini bajaruvchi sifatida ishlagan, ammo keyinroq bu lavozimdan voz kechgan.
Reuters agentligining qayd etishicha, Grenell Kiyev va Moskva o‘rtasidagi tinchlik kelishuvi doirasida Ukrainada avtonom zonalar yaratish tarafdori bo‘lgan, shuningdek, Ukrainaning NATO‘ga kirishiga qarshi chiqqan. Manbalar Grenellning uzoq vaqt davomida Yevropada diplomatik xizmatda ishlaganini va Yevropa ishlarini yaxshi bilishini taʼkidlamoqda.
Maʼlumot uchun, Grenell 2018 yildan 2020 yilgacha AQSHning Germaniyadagi elchisi, 2019 yildan 2021 yilgacha esa prezidentning Serbiya va Kosovo o‘rtasidagi muzokaralar bo‘yicha maxsus vakili bo‘lib ishlagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112322 | Инструменты