Shvetsiyadagi Turkiya elchixonasi oldida o‘tkazilgan namoyishda Qur’on yoqib yuborildi
Shvetsiyalik o‘ta o‘ng qanot siyosatchi 21-yanvar, shanba kuni Stokgolmdagi Turkiya elchixonasi oldida o‘tkazilgan namoyishda Qur’onni yoqib yubordi.
Shvetsiya matbuoti mahalliy siyosatchi va radikal Rasmus Paludanning Turkiya prezidentini tanqid qilgani, so‘ng Qur’on kitobiga o‘t qo‘ygani haqida xabar bermoqda.
Namoyish 14:00 da Yurgorden shimolidagi Stokgolmda boshlangan. Kunning ikkinchi yarmida o‘nlab odamlar, OAV vakillari va polisiya hududni o‘rab olgan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on tarafdori Davlat Baxcheli voqeani izohlar ekan, ushbu voqea tufayli Turkiya Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish arizasini qabul qilmoqchi emasligini aytgan.
Shanba kuni Turkiya bilan bog‘liq boshqa namoyishlar ham rejalashtirilgan, deya xabar beradi Aftonbladet. Ulardan biri Turkiyaning Shvesiyaning NATOga qabul qilinishiga qarshilik ko‘rsatishi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchisi Turkiya prezidentini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121911 | Инструменты