AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp sobiq amerikalik futbolchi Skott Ternerni Uy-joy va shaharsozlik masalalari bo‘yicha kotib (vazir) etib tayinlamoqchi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, ushbu qaror Senat tomonidan tasdiqlansa, Terner adolatli uy-joy qonunlarini qo‘llaydigan, ipoteka sug‘urtasini boshqaradigan va kam ta’minlangan oilalarga ijara uchun subsidiyalar beradigan idorani boshqaradi.
Ma’lumot uchun, Terner 1994-2004 yillarda professional futbolchi bo‘lgan. Shundan so‘ng u siyosatchi sifatida faoliyat yuritgan. U Trampning birinchi prezidentlik davrida Oq uyning Imkoniyat va yangilanish kengashining ijrochi direktori bo‘lib ishlagan.
Tramp o‘z tanlovini e’lon qilar ekan, Terner bu lavozimda mamlakatning eng nochor ahvoldagi qatlamining ijtimoiy holatini o‘zgartirgan misli ko‘rilmagan sa’y-harakatlarni amalga oshirishda yordam berishini ta’kidlagan.
Bundan tashqari, Donald Tramp Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish federal markazi rahbarligiga Vakillar palatasining sobiq a’zosi Deyv Ueldonning nomzodini ilgari surgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112321 | Инструменты