Huawei 1
"Tramp Ukraina mojarosiga barham berishi mumkin" — Dmitriy Medvedev

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Al Arabiya telekanaliga bergan intervyusida AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Ukraina mojarosini hal qilishga erisha olishini, biroq Rossiya faqat o‘ziga ishonishi aytib o‘tdi.

“Biz saylangan prezident Tramp pragmatik shaxs ekanligini yaxshi bilamiz. U mazkur mojaroga imkon qadar tezroq barham berishini omma oldida aytib, va’da bergan. Tramp bu ishni amalga oshira oladi, chunki barcha yechimlar Vashingtonda bor", dedi Medvedev.

Shu bilan birga, u Moskva o‘z umidini Trampga ham, boshqalarga ham bog‘lamasligini ta’kidladi: “Biz faqat o‘z kuchimizga tayanamiz, mudofaa salohiyatimiz nuqtayi nazaridan o‘zimizga ishonamiz. Ushbu mojarodagi shubhasiz g'alaba qozonishimizga ishonchimiz komil", dedi Medvedev.

Tramp 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan AQSh prezidentlik saylovlarida demokratlar vakili Kamala Harris ustidan g‘alaba qozondi. Uning inauguratsiyasi 2025-yil 20-yanvarda bo‘lib o‘tadi. Tramp Ukrainadagi mojaroni imkon qadar tezroq to‘xtatish niyatida ekanini bir necha bor ta’kidlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112314 | Инструменты