Huawei 1
Turkiya adliya vaziri zilzilada vayron bo‘lgan binolar bilan bog‘liq tergov ishi boshlanganini ma’lum qildi

Turkiyaning zilziladan jabr ko‘rgan hududlarida vayron bo‘lgan binolar bilan bog‘liq tergov ishlari boshlandi. Bu haqda Turkiya adliya vaziri Bekir Bo‘zdog‘ o‘zining “Twitter”dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Zilzila sodir bo‘lgan barcha viloyatlarimizda vayron bo‘lgan binolar bo‘yicha ushbu binolarni qurganlar va ularning qurilishiga mas’ul shaxslarga nisbatan sud-tergov harakatlari boshlandi”, — degan vazir.

Keltirilishicha, Turkiyada zilzilada ko‘plab binolarning qulashi qurilish qoidalariga rioya qilinmaganligi ortidan deb qaralmoqda.

OAVda sizayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda Turkiyada noqonuniy va palama-partish qurilishlar ko‘payib ketgan. Hatto eski binolarning aksariyati ustiga yangi qavatlar qurilgan. Bu ularni seysmik chidamlilik standartlariga nomuvofiq qilib qo‘ygan bo‘lishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, birgina 2019-yilda Istambul shahar ma’muriyatiga 7,5 milliondan ziyod noqonuniy qurilish bo‘yicha ariza kelib tushgan.

Eslatib o'tamiz, 6-fevral kuni Turkiya va Suriya chegarasidagi hududlarda 7,8 magnidudali zilzila sodir bo'ldi. Bu Turkiya tarixida 1939-yildagi Erzindjan zilzilasidan beri ro'y bergan eng katta falokat bo'ldi. Prezident Rejep Tayyip Erdog'an zilzila sababli 12-fevralga qadar Turkiya bo'ylab umummilliy motam e'lon qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22714 | Инструменты