Ukrainaning Germaniyadagi elchisi Aleksiy Makeyev o’zining Twitter sahifasida Leopard 1A5 tanki bilan qisqa video joylashtirib “Tez orada", deya yozib post qoldirdi. Uning so’zlariga ko’ra, Germaniyadan Ukrainaga 110 ta shunday tank jo’natiladi.
Avvalgi postida Makeyev Ukrainani qo’llab-quvvatlovchi “tank koalitsiyasi” kengayishi haqida xabar bergan edi.
“Bizning ittifoqchilarimiz doim orqamizda. Biz birgalikdagi xavfsiz kelajak uchun irodamizda kuchlimiz. Ramshteyndagi so’nggi yig’ilish qarorlari faol amalga oshirilmoqda”, - deb yozgan u.
Eslatib o’tamiz, fevral oyida Pentagon rahbari Lloyd Ostin Ukrainaga Leopard tanklarini yetkazib berish bo’yicha koalitsiyaga sakkizta davlat kiritilganini ma’lum qilgan edi: Germaniya, Daniya, Ispaniya, Kanada, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha va Portugaliya.
27-aprel kuni NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg ittifoqqa aʼzo davlatlar Ukraina Qurolli kuchlariga 1550 ta zirhli texnika va 230 ta tank o’tkazganini maʼlum qildi (vaʼda qilinganlarning 98 foizdan ortig’i).
Avvalroq Yevropa komissiyasi makromoliyaviy yordam doirasida Ukrainaga yana 1,6 milliard dollar ajratishini e'lon qilgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51409 | Инструменты